Evropa Ittifoqi elchilari Yevropa Komissiyasining taklif etilayotgan huquqiy mexanizmga muvofiq, Rossiyaning Yevropada saqlanayotgan taxminan 210 milliard yevrolik davlat aktivlarini noma’lum muddatga muzlatish haqidagi taklifini ma’qulladi.
Payshanba kuni Yevrokomissiyaga Ukrainaga urushdan keyingi tovon pullari to‘lanmaguncha aktivlarni muzlatish uchun favqulodda vakolatlar berildi.
Bayonotda aytilishicha, elchilar ko‘pchilik ovoz bilan 122-modda taklifining qayta ko‘rib chiqilgan variantini ma’qullash va rasmiy qaror qabul qilish uchun yozma tartibni boshlash uchun ovoz berishgan.
Ilgari Rossiya aktivlarini muzlatish to‘g‘risidagi qaror Vengriya veto qo‘ygan holda har olti oyda bir ovozdan yangilanishi kerak edi.
Loyiha matniga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi Yevropa Ittifoqida jiddiy iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli, YEI iqtisodlariga yetkaziladigan zararni cheklash uchun ushbu mablag‘larning Rossiyaga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.