Yevropa Ittifoqi davlatlarini Xalqaro jinoiy sud qarorlarini qo‘llab-quvvatlashi kerak — YEI Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili
Jozep Borrel Xalqaro jinoiy sudning Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olishga order berish qarorini qo‘llab-quvvatlamagan davlatlarni hukmni hurmat qilishga chaqirdi.
"Bu siyosiy qaror emas, bu sud qarori. Yevropa Komissiyasi raisining o‘rinbosari va oliy vakil sifatida men a’zo davlatlardan XJCni qo‘llab-quvvatlashni so‘rayman. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar sud qarorini bajarishga majbur", — deya ta’kidladi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Borrel, shuningdek, amerikalik senator Lindsi Gremning XJC qaroriga oid bayonotini tanqid qildi.
"AQSh senatorining sud jarayoni bilan hamkorlik qilgan har qanday davlatga nisbatan sanksiyalar qo‘llashini aytganini eshitib dahshatga tushdim. Ular xalqaro sud bilan hamkorlik qiladigan har qanday davlatga qarshi sanksiyalar qo‘llashlari haqiqatan ham aql bovar qilmaydi", — deya munosabat bildirdi Borrel.