Germaniya mudofaa vazirining ishonchi komilki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin allaqachon o‘zini Ukrainaga qarshi urushda g‘olib deb biladi va yangi dunyo tartibi uchun kurashni davom ettirish niyatida. «Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi uzoq vaqtdan beri mintaqaviy urush bo‘lishni to‘xtatdi», dedi Boris Pistorius.
Putin «mamlakat iqtisodiyotini to‘liq urush holatiga o‘tkazdi». Rossiya uch oyda butun Yevropa Ittifoqi bir yilda ishlab chiqargan darajada qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqaradi, deb yozadi Spiegel Bundesver rahbari.
Moskvaning uzoq muddatli tahdidi fonida Pistoruis Germaniyaning «harbiy tayyorgarligi»ga ko‘proq sarmoya kiritish zarurligi haqida gapirdi. «Bizning xavfsizligimiz mo‘rt ne’matdir», deb ta’kidladi vazir.