Bu haqda Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Yevrokomissiya rasmiy vakili Anna-Kaysa Itkonen ma’lum qildi.
U YEIning xavotiri Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
"Agar Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hozirgi vaziyat davom etsa, Yevrokomissiya komissiya muvofiqlashtirilgan choralarni ko‘rishga tayyor bo‘ladi”, deydi Itkonen.
Evrokomissiya vakilining aniqlik kiritishicha, Yevropa neftni qayta ishlash zavodlari mintaqaning aviayonilg‘iga bo‘lgan ehtiyojining qariyb 70 foizini ta’minlaydi, qolgan qismi esa import hisobiga qoplanadi. Shu bilan birga, u to‘liq taqchillik yuzaga kelishiga asos yo‘qligini qayd etgan, chunki jahon bozoriga yangi hajmdagi yonilg‘i kirib kelishda davom etmoqda.
Shuningdek, u Yevroittifoqda qonunchilikka muvofiq shakllantirilgan strategik zaxiralar mavjudligini qo‘shimcha qilgan. YEIga a’zo davlatlar kamida 90 kunga yetadigan neft va neft mahsulotlari, jumladan, aviakerosin zaxirasiga ega bo‘lishlari shart.