Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi AQShga tovarlar eksportiga cheklovlar joriy qilishi mumkin

A A A
Evropa Ittifoqi AQShga tovarlar eksportiga cheklovlar joriy qilishi mumkin

Evropa Ittifoqi (EI) Yevropa tovarlarini AQShga eksport qilishga cheklovlar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg manbalarga tayanib.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday qadam AQSh bilan savdo muzokaralari kutilgan natijaga olib kelmagan taqdirda cheklov chorasi sifatida ko‘riladi.

Eksport cheklovlari mumkin bo‘lgan javob sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, Bryussel Amerika tovarlariga qo‘shimcha bojxona to‘lovlarini joriy etish va Yevropa davlatlarining Amerika kompaniyalaridan davlat xaridlariga cheklovlar joriy etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo bitimini bir qator davlatlar uchun tariflarni oshirishni keyinga surishni buyurgan 90 kunlik muddat tugaguniga qadar tuza olishiga ishonch bildirgan edi.

Tramp 2 aprel kuni dunyoning 185 mamlakati va hududi mahsulotlariga import bojlari joriy etilishini e’lon qildi. 10% lik universal tariflar 5 apreldan, individual tariflar 9 apreldan kuchga kirdi. 9 aprel kuni Tramp muzokaralar olib borishga tayyorligini ko‘rsatgan 75 davlatga tariflarni oshirishni 90 kunga to‘xtatib turishini ma’lum qildi. Ularga 10 foizlik import bojlari joriy etiladi.

Amerika yetakchisi savdo hamkorlari bilan tariflar darajasini muhokama qilishga ochiq ekanini aytdi. Bundan tashqari, Vashington ma’muriyati rahbari ushbu uch oylik pauzani uzaytirishni istisno etmadi.

Kiritildi: 09:28 18.04.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!