Yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqi Amerika texnologiya gigantlari Apple va Meta’ni monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganligi uchun jarimaga tortishi mumkin. Bu haqda Euractiv portali ma’lum qildi.
Nashrning xabar berishicha, Yevropa Komissiyasi (EK) tomonidan okean orti texnologiya kompaniyalarining hamjamiyatning raqamli bozorlar va raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunlarini buzganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish uchun belgilangan 12 oylik muddat yaqinda tugaydi.
Bryussel Meta kompaniyasini $1 mlrddan ortiq miqdorda jarimalamoqchi. Biroq Apple’ga solinishi mumkin bo‘lgan jarima miqdoriga aniqlik kiritilmagan.
2024 yilda YK Alphabet, Apple va Meta kompaniyalariga nisbatan beshta tergovni boshladi.
Mart oyida Bryusselda Apple va Alphabet’ga nisbatan uchta qaror e’lon qilindi, biroq ularning hech biri jarimaga olib kelmadi.
Shuningdek, Yevropa nazorat organlari X kompaniyasini raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun jarimaga tortishi mumkin.
Ushbu qonun internet-resurs operatorlarini jamiyatda taqiqlangan deb belgilangan kontentni sud qarorisiz olib tashlashga majbur qiladi. Biroq, Ilon Maskka tegishli platforma bo‘yicha tergov hali yakunlanmagan.