Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi 11 ta tankerga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi, yana 46 tasini “qora ro‘yxat”ga qo‘shdi

Evropa Ittifoqi 11 ta tankerga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi, yana 46 tasini “qora ro‘yxat”ga qo‘shdi

Evropa Ittifoqi 20-sanksiyalar paketi doirasida 11 ta tankerga nisbatan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Rossiya neftini tashishda ishtirok etgan yana 46 ta tanker sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Komissiya ta’kidlashicha, qoidalarga rioya qilishga qaytgan kemalar sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.

Yangi o‘zgarishlardan so‘ng sanksiyaga tushgan kemalar umumiy soni 632 taga yetdi. Shuningdek, uchinchi davlatlarda faoliyat yurituvchi ayrim “soya” yuk tashish kompaniyalari va yirik dengiz sug‘urta kompaniyasiga ham cheklovlar joriy etilgan.

Bugun Yevropa Kengashi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini hamda Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratishni rasman ma’qulladi.

Kiritildi: 21:56 23.04.2026. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!