Evropa Ittifoqi Falastin-Isroil mojarosiga ta’sir qilishi mumkin, chunki G‘azo sektori hududiga tushayotgan bombalarning yarmi Yevropada ishlab chiqarilgan, dedi Yevropa diplomatiyasining sobiq rahbari Jozep Borrel Cadena SER radiostansiyasiga bergan intervyusida.
"Agar Yevropa xohlasa, unda Isroilga ta’sir o‘tkazish uchun ko‘p imkoniyatlar mavjud. G‘azoga tushayotgan bombalarning yarmi Yevropada ishlab chiqarilgan bombalardir," - dedi u.
Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Isroil bilan savdoni cheklashi va uning kabinetiga nisbatan sanksiyalar kiritishi mumkin.
Biroq, Yevropa diplomatiyasining sobiq rahbari Yevropaning biror chora ko‘rishiga shubha qilmoqda.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Ukraina va G‘azodagi mojarolarga turlicha munosabatda bo‘lgani uchun allaqachon jahon hamjamiyatining ishonchini yo‘qotgan.