Der Spiegel yozishicha, Yevropa rahbarlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Vashingtonning ehtimoliy xatti-harakatlariga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh hududlar masalasiga aralashishi mumkinligini, ammo Ukrainaga aniq xavfsizlik kafolatlarini bermasligini aytgan. Germaniya kansleri Fridrix Mers esa Vashington “o‘z o‘yinini o‘ynayotgani”ni ta’kidlagan.
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb Zelenskiyni amerikalik muzokarachilar Jared Kushner va Stiv Uitkoff bilan yolg‘iz qoldirmaslikni aytgan. NATO Bosh kotibi Mark Ryutte ham Yevropa yetakchilarining bu taklifini qo‘llab-quvvatlab, Zelenskiyni himoya qilish zarurligini qayd etgan.