Bugun 27 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa “eng ekstremal” harbiy ssenariyga tayyorgarlik ko‘rmoqda, chunki “Tramp-Putin 2.0” davri boshlanmoqda — NBC News

Evropa “eng ekstremal” harbiy ssenariyga tayyorgarlik ko‘rmoqda, chunki “Tramp-Putin 2.0” davri boshlanmoqda — NBC News

Evropa davlatlari Rossiya Ukrainadan keyin o‘z armiyasini ular tomon yo‘naltirishi mumkinligidan xavotirda. AQShning yangi prezidenti Rossiya hujum qilgan taqdirda NATO'ning tarixiy ittifoqchilarini himoya qilmasligi mumkinligidan xavotirlar mavjud.

— Litva Rossiyaga olib boradigan ko‘priklarga minalar o‘rnatishni rejalashtirmoqda va agar rus tanklari chegarani kesib o‘tishga urinsa, ularni portlatishga tayyor;

— Boltiq dengizida NATO kemalari Rossiyaning suv osti aloqa kabellariga zarar yetkazishda ayblanayotgan “soya floti” kemalarini qidirish bilan shug‘ullanmoqda;

— Yevropa osmonida Isroilning “Temir gumbaz” tizimiga o‘xshash yirik raketaga qarshi mudofaa tizimini qurish rejalashtirilmoqda;

— Norvegiya favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha qo‘llanmasini yangiladi;

Germaniya favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tizimlarini qayta tiklash uchun taxminan 100 million yevro ajratdi.

Kiritildi: Bugun 00:13. O'qildi: 1756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!