«Manchester Siti» himoyachisi Manuel Akanji Abduqodir Husanovning «shaharliklar» safidagi debyuti haqida gapirdi.
O‘zbekistonlik 20 yoshli himoyachi APL 23-turidan o‘rin olgan «Chelsi» (3:1) bilan o‘yinda 54 daqiqa harakat qildi.
«Men uni himoya qilishga va xavfli vaziyatlarga qo‘ymaslikka harakat qildim. Ayniqsa, «Chelsi» kabi jamoaga nisbatan oson emas, ularning hujumida juda yaxshi o‘yinchilar bor.
Unga ko‘p o‘ylamay oldinga intilishni, o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarib olish uchun yakkakurashlarda g‘alaba qozonishni va raqib bosim qilganida Edersonga pas berish kerakligini aytdim», — deya shveysariyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Daily Mail.