Bu g‘alaba Trampga xalqaro siyosatdagi boshqa muammolarni kuch bilan hal qilish mumkin degan, yangi kuch beradi.
Tramp ikki harbiy samolyotda noqonuniy muhojirlarni Kolumbiyaga chiqarib yubordi. Kolumbiya ularni qabul qilishdan bosh tortdi. Bir necha soatdan so‘ng Tramp Kolumbiya rasmiylariga qarshi sanksiyalar kiritdi va Kolumbiyadan keladigan barcha tovarlarga 25 foizlik boj joriy qildi va bu hali boshlanishi, deb tahdid qildi.
Bundan 6 daqiqa o‘tgach, Kolumbiya prezidenti Trampning barcha shartlarini qabul qildi va hatto Kolumbiyadan Qo‘shma Shtatlar tomonidan chiqarib yuborilayotgan barcha noqonuniy muhojirlarni olib kelish uchun o‘z samolyotini yubordi.
Bu deyarli anekdotga aylangan voqea katta xalqaro oqibatlarga olib keladi. Chunki u Trampni barcha xalqaro muammolarni kuch va sanksiyalar bilan hal qilish kerak degan fikrini mustahkamlaydi. (https://t.me/therealniyozov/543)