Bugun 27 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Ozarbayjon samolyotiga kim o‘q uzgani aniqlandi

Ozarbayjon samolyotiga kim o‘q uzgani aniqlandi

Ozarbayjonning «Caliber» nashri xabariga ko‘ra, 2024 yil 25 dekabrda Grozniyga yaqinlashib kelayotgan AZAL aviakompaniyasi samolyotini otib tashlashga buyruq bergan Rossiya xavfsizlik kuchlari hamda ushbu buyruqni bajargan shaxslarning ismlari aniqlangan. Ayni paytda ushbu ma’lumotni nashr etmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Nashrning yozishicha, samolyot avvalroq Suriyada joylashgan va voqeadan bir muddat oldin Kavkazga yetkazilgan Pantsir S-1 raketa tashuvchisidan urilgan. Bundan tashqari, samolyotga qarshi elektron urush uskunalari ishlatilgan, bu esa boshqaruv tizimini o‘chirib qo‘ygan.

Aviahalokat bo‘yicha tergovning dastlabki xulosalari kelasi hafta e’lon qilinishi kutilmoqda.

Grozniy yaqinida urib tushirilgan AZAL samolyoti Qozog‘istonning Aktau shahriga qo‘nmoqchi bo‘lganida halokatga uchradi. Bortdagi 67 kishidan 38 nafari halok bo‘lgan.

Kiritildi: 17:46 26.01.2025. O'qildi: 16391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!