Bugun 29 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tezkor! Uzbekistan Airways Rossiya va Belarusga otlangan yo‘lovchilarni ogohlantirdi

Tezkor! Uzbekistan Airways Rossiya va Belarusga otlangan yo‘lovchilarni ogohlantirdi

Rossiya Federasiyasi va Belarus Respublikasi bojxona organlarining talablariga muvofiq, ushbu davlatlar hududiga chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini («nosvoy»), shuningdek, isiriq o‘simligini har qanday ko‘rinishda olib kirish qat’iyan taqiqlanadi. Bu haqda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni ogohlantirdi.

«Ushbu taqiqni buzganlik uchun jarima va boshqa huquqiy oqibatlar, jumladan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar belgilangan (Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 228 va 231-moddalari asosida). Qoidalarga rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

2024 yil fevral oyida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin davlat nazorati ostida bo‘lishi shartligi belgilangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Ro‘yxatga yangi moddalar qo‘shilgan, jumladan Péganum hármala (rus tilida Gramala) o‘simligi ham kiritilgan. U O‘zbekistonda isiriq nomi bilan tanilgan. Isiriq nega taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilganiga rasman izoh berilmagan. Bunga o‘simlik tarkibida psixotrop alkaloidlar mavjudligi sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 18:15 27.01.2025. O'qildi: 5409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!