Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa diplomatiyasining sobiq rahbari Federika Mogerini firibgarlik ishi bo‘yicha qo‘lga olindi

Evropa diplomatiyasining sobiq rahbari Federika Mogerini firibgarlik ishi bo‘yicha qo‘lga olindi

Evropa diplomatiyasining sobiq rahbari Federika Mogerini firibgarlik ishi bo‘yicha qo‘lga olindi — Le Soir.

Evropa prokuraturasi Belgiyaning Bryussel shahridagi Yevroittifoq diplomatik xizmatida va Bryuggedagi Yevropa kollejida tintuvlar o‘tkazdi. Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tergov diplomatlar tayyorlash dasturidagi firibgarlikka aloqador.

Le Soir gazetasining xabar berishicha, uch kishi, jumladan YEIning tashqi ishlar bo‘yicha sobiq oliy vakili Federika Mogerini ham hibsga olingan. Mogerini hozirda Yevropa kollejida direktor lavozimida ishlaydi. Qo‘lga olishdan avval, Yevropa prokuraturasi so‘rovi bilan ba’zi gumonlanuvchilardan “dahlsizlik immuniteti” olib tashlangan.

Mogerini 2014–2019 yillarda Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat xizmatiga rahbarlik qilgan. U 2020 yildan beri Yevropa kollejiga rahbarlik qilib kelayotgandi .

Kiritildi: 19:24 02.12.2025. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!