Kaya Kallas, shuningdek, Yevroittifoq urushni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda Ukraina, Qo‘shma Shtatlar va boshqa ittifoqchilar bilan hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.
"Evropa Ittifoqining maqsadi – BMT nizomi va xalqaro huquq tamoyillariga asoslangan to‘laqonli, adolatli va barqaror tinchlikka erishishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdir. Agar Rossiya ushbu taklifini qabul qilsa, bu shu yo‘nalishda muhim qadam bo‘lishi mumkin. Endi Rossiya tinchlikka erishishga tayyorligini namoyon qilishi kerak", — deya ta’kidladi Kallas.