Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Evropa davlatlari Ukrainaga Patriot raketalarini berishdan bosh tortdi — WP

Evropa davlatlari Ukrainaga Patriot raketalarini berishdan bosh tortdi — WP

Evropadagi qator davlatlar o‘z mudofaa qobiliyati zaiflashib qolishidan qo‘rqib, Ukrainaga Patriot tizimlari uchun raketalar yetkazib berishni rad etdi.

Bu haqda Washington Post nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi uchun ishlatiladigan PAC-3 raketalari zaxirasi deyarli butunlay tugagan.

Pentagonning ismi oshkor etilmagan vakili nashrga ma’lum qilishicha, NATO davlatlari badallari evaziga qurollarni tezkor yetkazib berishni nazarda tutuvchi PURL tashabbusi doirasidagi ro‘yxat Ukraina va AQSh Qurolli Kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi bilan muvofiqlashtirilmoqda.

Mudofaa vazirligi rahbarlari ushbu jarayonda AQSh qo‘shinlarining jangovar shayligi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholamoqdalar. Shu bilan birga, gazeta manbalarining ta’kidlashicha, PURL orqali taqdim etilayotgan harbiy texnika Kiyev talab qilgan yuqori imkoniyatlarga javob bermaydi.

Kiritildi: Bugun 19:13. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!