Bu haqda Reuters agentligiga Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski ma’lum qildi. Zelenskiy shanba kuni Myunxenda Yevropa endi AQSh himoyasiga tayanmasligini aytib, shunday armiya yaratishga chaqirgandi.
"Agar siz bu bilan milliy armiyalarni birlashtirishni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, unda bunday bo‘lmaydi. Lekin men Yevropa, Yevropa Ittifoqi o‘zining mudofaa salohiyatini rivojlantirish tarafdori edim", - dedi Sikorski.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi hozirda kuchaytirilgan brigadani tuzmoqda. Uning ta’kidlashicha, Polsha qo‘shinlarining Ukraina hududida bo‘lishi ham ko‘rib chiqilmaydi, chunki Polshaning NATO oldidagi burchi sharqiy qanotni, ya’ni o‘z hududini himoya qilishdir”.