Evropa yetakchilari va Zelenskiy Gaagada to‘planib, Rossiya bosqini oqibatida Ukrainaga yetkazilgan yuzlab milliard dollar miqdoridagi zararlarni qoplash masalalari bilan shug‘ullanadigan Xalqaro da’volar komissiyasini ishga tushirmoqchi, deya xabar bermoqda agentlik.
"Komissiyani tuzish to‘g‘risidagi konvensiyani 50 dan ortiq davlat va Yevropa Ittifoqi qo‘llab-quvvatladi, 35 ta davlat esa hujjatni yaqin vaqt ichida imzolashni rejalashtirmoqda", deya yozmoqda Reuters.