Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Evropa davlatlari Falastindagi zo‘ravonliklar sababli Isroilga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilmoqchi

Evropa davlatlari Falastindagi zo‘ravonliklar sababli Isroilga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilmoqchi

Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi miqyosida yagona qarorga kelinmaganiga qaramay, Fransiya boshchiligidagi qator Yevropa davlatlari Isroilning G‘arbiy sohilda olib borayotgan faoliyati uchun unga qarshi navbatdagi sanksiyalarni e’lon qilish arafasida.

Evropa Ittifoqida Isroilga nisbatan qat’iyroq choralar ko‘rishga qaratilgan sa’y-harakatlar bloklangani sababli bir qator davlatlar muvofiqlashtirilgan milliy sanksiyalarni eng maqbul variant deb hisoblamoqda. Bayonot yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

G‘arbiy sohildagi zo‘ravonliklarga aloqador shaxslarga qarshi sanksiyalarni Fransiya faol ilgari surmoqda va bu rejani Buyuk Britaniya hamda Norvegiya bilan muvofiqlashtirmoqda. Fransiya rasmiylarining ta’kidlashicha, ular AQSh va Eron o‘rtasidagi ziddiyat hamda Isroilning Livandagi harbiy kampaniyasi fonida Falastin masalasini xalqaro kun tartibida saqlab qolishni maqsad qilgan.

May oyida Yevropa Ittifoqi Isroilning G‘arbiy sohildagi faoliyati doirasida falastinliklar huquqlarini buzishga aloqador bo‘lgan ayrim jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi.

Isroilning G‘arbiy sohilda manzilgohlar tashkil etish siyosati xalqaro hamjamiyat va Falastin muxtoriyati bilan munosabatlardagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Falastinliklar buni Isroilning Falastin hududlarini bosib olish siyosati deb biladi va bu tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!