Iqlim o‘zgarishi tufayli chikungunya virusining tarqalish maydoni sezilarli darajada kengayib, XXI asr oxiriga borib Yevropa, Shimoliy Amerika va Sharqiy Osiyoning mo‘’tadil mintaqalariga yetib borishi mumkin, deb xabar beradi Report.
Bu haqda Chjeszyan Xitoy tibbiyoti universiteti olimlari tomonidan Frontiers in Cellular and Infection Microbiology jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilgan.
Chikungunya — Aedes turkumidagi chivinlar tomonidan yuqadigan va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan "e’tiborsiz qoldirilgan tropik kasallik" deb tasniflangan virusli kasallik. Kasallik yuqori isitma, bo‘g‘imlar va mushaklarda kuchli og‘riq, holsizlik va teri toshmasi bilan tavsiflanadi.
Tadqiqotga ko‘ra, iqlim isishi virus tashuvchi chivinlarning, ayniqsa past haroratlarda ham omon qolishi mumkin bo‘lgan Osiyo yo‘lbars chivinining (Aedes albopictus) tarqalish maydonining kengayishiga yordam beradi.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2100 yilga borib infeksiya o‘choqlari Yevropa, Shimoliy Amerika va Sharqiy Osiyoning shimoliy mintaqalariga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Tadqiqotchilar kelajakdagi xavfni kamaytirish uchun epidemiologik kuzatuvni kuchaytirish va mo‘’tadil mintaqalarda chivin populyasiyasini kuzatish zarurligini ta’kidladilar.