Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evrokomissiyaning sanksiya qo‘llash borasidagi navbati Belarusga keldi

Evrokomissiyaning sanksiya qo‘llash borasidagi navbati Belarusga keldi

Evrokomissiya Minskni Litva havo hududiga havo sharlarini yuborishda ayblab, Litvaga qarshi "gibrid hujumlar" uchun Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilmoqchi.

Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qilgan.

"Litva-Belarus chegarasidagi vaziyat Litva havo hududiga kontrabandachilar sharlarining kirib kelishi soni ortib borayotgani sababli yomonlashmoqda”, deb yozadi fon der Lyayen. Sanksiya rejimimiz doirasida yangi chora-tadbirlar tayyorlamoqdamiz”, - deydi u.

Vilnyusga ko‘ra, Belarusdan kelgan kontrabandachilar sigaretlarni tashish uchun ob-havo sharlaridan foydalanmoqda, bu so‘nggi oyda keng tarqalgan. 22 oktyabr kuni Litvada 200 ta havo shari qo‘ndi. Dushanbaga o‘tar kechasi 60 dan ortiq ob-havo sharlari Litva havo hududiga kirdi.

Shu sababli Vilnyus xalqaro aeroporti faoliyatini bir necha bor to‘xtatdi.

Litva hukumati kontrabandachilarning ob-havo sharlaridan himoya qilish bo‘yicha eng yaxshi loyiha uchun 1 million yevro mukofot e’lon qildi.

Kiritildi: 08:45 02.12.2025. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!