Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevrokomissiya Ukrainaga 90 milliard yevro berishning huquqiy imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Vengriya bu qarorga qarshi chiqqani sababli jarayon sekinlashgan
Evropa Ittifoqining “chuqurlashtirilgan hamkorlik” tartibiga muvofiq, Ukrainaga kredit ajratilishi bilan bog‘liq mexanizmda ishtirok etmayotgan mamlakatlar uning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Bu Orbanni ta’sir kuchidan mahrum qilishi va uni kreditga rozi bo‘lishga undashi mumkin.