Xabar berilishicha, yangi tuzilma Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining maxsus xizmatlari xodimlarini ishga olib, “umumiy maqsadlar uchun” ma’lumotlar to‘playdi.
"EI davlatlarining josuslik xizmatlari ko‘p ma’lumotga ega. Yevrokomissiya ham ko‘p narsani biladi. Bizga bu ma’lumotlarni birlashtirishning samaraliroq yo‘li kerak", — degan Financial Times manbasi.
Biroq bu tashabbusga Fransiya va Vengriya qarshi chiqmoqda, ushbu mamlakatlar ma’lumotlar sizib chiqishi va razvedka sohasi ustidan nazoratni yo‘qotishdan xavotirda.