Evrokomissiya Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan 165 milliard yevro miqdorida kredit berishni taklif qilmoqda — Politico.
"Reparasion kreditga Rossiyaning Yevroittifoqqa a’zo davlatlarining xususiy banklaridagi muzlatilgan 25 milliard yevrolik aktivlar, shuningdek, Belgiyadagi Euroclear depozitariysida saqlanayotgan 140 milliard yevro kiritiladi", deya yozmoqda nashr tegishli taklif loyihasidan xabardor manbalariga tayanib.
Avvalroq Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan Ukrainaga reparasion kredit berishni “eng yomon variant” deb atagan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Moskvaning aktivlari tortib olingan taqdirda javob choralari paketi ishlab chiqilishini aytgan, biroq bu choralar nimadan iborat bo‘lishini ochiqlamagan.