Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Evrokomissiya rahbari Ukraina prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi

Evrokomissiya rahbari Ukraina prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi

Ursula fon der Lyayenning X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, Vladimir Zelenskiy Yevroittifoqning qo‘lloviga ishonishi mumkin, chunki "Ukraina o‘zining Yevrointegrasiya yo‘lida" allaqachon katta yutuqlarga erishgan.

"Ukraina shu mustahkam poydevor asosida harakat qilishda davom etishi va qonun ustuvorligining asosiy tayanchlaridan biri bo‘lgan mustaqil korrupsiyaga qarshi organlarni saqlab qolishi lozim", — deya ta’kidladi fon der Lyayen.

Joriy haftada Ukrainada shu kungacha mustaqil bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi ikki organ — Korrupsiyaga qarshi milliy byuro (NABU) va Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuratura (SAP) prezident tomonidan tayinlanadigan bosh prokurorga bo‘ysundirildi.

Bu ikki organ mamlakatda 2014 yilgi inqilobining asosiy yutuqlaridan biri sifatida qaraladi. Bu qaror mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi, shuningdek, Kiyevning Yevropadagi hamkorlari orasida ham tushunmovchilik uyg‘otdi. Oradan ikki kun o‘tib, Zelenskiy yangi qonun loyihasini kiritdi. Unga ko‘ra, NABU va SAP mustaqilligi amalda tiklanadi. Kutilishicha, Oliy Rada bu qonun loyihasini 31 iyul kuni, ta’tilni muddatidan ilgari yakunlab, ko‘rib chiqadi.

Kiritildi: 21:56 27.07.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!