Bu qaror Yevropaning 11 ta davlati har yili yuz minglab rossiyalik turistlarni qabul qilishda davom etayotgan Fransiya, Italiya va Ispaniya manziliga tanqid bildirganidan keyin qabul qilindi.
"Biz uchinchi davlatlarning dushmanlik harakatlaridan kelib chiqadigan xavfsizlik tahdidlarini bartaraf etish uchun maqsadli cheklovchi viza choralarini joriy etishni taklif qilamiz", – dedi Yevropa Ittifoqining migrasiya masalalari bo‘yicha komissiyasi rasmiy vakili Markus Lammert.
Ushbu taklif keyingi yilda taqdim etiladi va shu sababli oldinda turgan 2026 yilgi yozgi mavsumga ta’sir qilmaydi. Shu bilan birga, Yevrokomissiya viza berish majburiyati alohida a’zo davlatlarning ixtiyorida qolishini, Bryussel esa faqat milliy darajadan yuqori bo‘lgan nazoratni amalga oshirishini ta’kidladi.
Bu bayonot Yevropaning 11 ta davlati tomonidan shu hafta boshida Yevrokomissiyaga yuborilgan qo‘shma xatga javob bo‘ldi. Shvesiya rahnamoligida yozilgan xatda Ukrainada urush boshlanganidan keyin rossiyaliklarga muhim bo‘lmagan safarlar uchun viza berishni cheklashga qaratilgan tavsiyalarning notekis qo‘llanilayotgani tanqid qilingan.
Mamlakatlar yangi "cheklovchi va majburiy" viza choralarini "imkon qadar tezroq" joriy etishni, 2022 yilgi tavsiyalarning bajarilishini yaxshilashni va viza berilishi bo‘yisa muntazam statistika yuritilishini talab qilishdi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda rossiyaliklar 619 mingta Shengen vizasini qo‘lga kiritishgan.