Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Futbol bo‘yicha tahliliy tadqiqotlar olib boradigan Football Meets Data kompaniyasi 2026 yilgi jahon chempionatida pley-off bosqichiga chiqish ehtimoli eng past bo‘lgan o‘nta terma jamoa ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar beradi Sports.kz.

Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston terma jamoasi ham joy olgan. Tahlilchilar hisob-kitobiga ko‘ra, milliy jamoamizning pley-offga yo‘l olish ehtimoli 31,8 foizga baholangan. O‘zbekistondan pastroq ko‘rsatkichga ega terma jamoalar quyidagilar: Iroq — 15,4 foiz, Gaiti — 15,6 foiz, Kyurasao — 19,4 foiz, Iordaniya — 20,9 foiz va Panama — 27,3 foiz.

Shuningdek, guruh bosqichida muvaffaqiyatsiz ishtirok etish ehtimoli yuqori bo‘lgan o‘nta jamoa qatoriga Tunis (35,8 foiz), Saudiya Arabistoni (35,9 foiz), Kabo-Verde (36,4 foiz) va Qatar (39,8 foiz) terma jamoalari ham kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi. Shuningdek, Iordaniya, Kabo-Verde va Kyurasao terma jamoalari uchun ham bu musobaqa debyut hisoblanadi.

Kiritildi: 23:57 05.06.2026. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!