Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Putin: Rossiya xalqaro maydonda yakkalanib qolmagan

Putin: Rossiya xalqaro maydonda yakkalanib qolmagan

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’kidlashicha, mamlakat xalqaro miqyosda izolyasiya qilinmagan va ko‘plab davlatlar bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (SPIEF) so‘zlagan Putinning aytishicha, Rossiyani yakkalab qo‘yishga urinishlar AQShning avvalgi ma’muriyati tomonidan boshlangan.

«Ma’lumki, AQShning avvalgi ma’muriyati ushbu izolyasiyaga urinishlarning tashabbuskori bo‘lgan. Keyinchalik Yevropadagi ittifoqchilari ham xuddi shu yo‘ldan bordi. Bugungi kunga kelib, ular bu borada hatto AQSh ma’muriyatidan ham ko‘proq faollik ko‘rsatdi», — dedi Putin.

Rossiya rahbari AQSh vakillarini «pragmatik odamlar» deb atab, Vashington Moskva bilan o‘zi uchun manfaatli bo‘lgan sohalarda hamkorlikni saqlab qolganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim qo‘shma loyihalar hozir ham davom etmoqda.

Putin shuningdek, Afrika va Osiyo mamlakatlari Rossiyaning muhim va ishonchli hamkorlari bo‘lib qolayotganini qayd etdi.

«Bizda Afrika, Osiyo va boshqa mintaqalardagi ko‘plab davlatlar bilan barqaror munosabatlar mavjud. Ular bilan iqtisodiy, savdo va investisiyaviy aloqalar rivojlanmoqda», — dedi u.

Rossiya rasmiylari G‘arb sanksiyalariga qaramay mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini qayta yo‘naltirishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidlab keladi. Biroq G‘arb davlatlari esa sanksiyalar Rossiya iqtisodiyoti va texnologiyalar sohasiga bosim o‘tkazishda davom etayotganini bildirmoqda.

Kiritildi: 22:11 05.06.2026. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!