Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Evrokomissiya AQSh mahsulotlari importiga 25 foizlik boj joriy etishni taklif qildi – Bloomberg

Evrokomissiya AQSh mahsulotlari importiga 25 foizlik boj joriy etishni taklif qildi – Bloomberg

Nashr tanishib chiqqan Yevrokomissiya tomonidan tayyorlangan hujjatlarda savdo tariflari oshirilishi taklif etilayotgan o‘nlab mahsulotlar ro‘yxati keltirilgan.

Bojlarni oshirish rejasi yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan ma’qullashlari lozim. Oshirilgan stavka bo‘yicha dastlabki bojlar 15 apreldan undirila boshlanadi, ammo asosiy javob choralari may oyining o‘rtalarida kuchga kiradi.

Evrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Bryussel Vashingtonga sanoat mahsulotlariga bojlarni o‘zaro bekor qilishni taklif etgani, biroq bu taklifga "munosib javob" bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Savdo masalalari bo‘yicha yevrokomissar Marosh Shefchovich Yevroittifoq o‘z takliflariga javobni “uzoq muddat kutib o‘tirmasligini” ta’kidladi.

Kiritildi: 11:55 08.04.2025. O'qildi: 1019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!