"Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketi ustida ish boshlandi, ammo u hali dastlabki bosqichda", deb yozadi EUobserver Yevropa diplomatlariga tayanib.
Nashr manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar bo‘yicha takliflar yoz boshida taqdim etilishi kutilmoqda.
"Aniq muddatlar haqida gapirishga hali erta. Biz AQSH, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari qanday rivojlanishini ko‘rishimiz kerak", — deya fikr bildirdi boshqa bir diplomat.