Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Evroittifoq Moskvaga qarshi sanksiyalar doirasida Rossiya suyultirilgan tabiiy gazi importiga taqiq joriy etish g‘oyasidan voz kechdi — Reuters

Evroittifoq Moskvaga qarshi sanksiyalar doirasida Rossiya suyultirilgan tabiiy gazi importiga taqiq joriy etish g‘oyasidan voz kechdi — Reuters

Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya ayrim hukumatlarning qarshiligi va muqobil gaz manbalari borasidagi noaniqliklar sababli Rossiya suyultirilgan tabiiy gaziga qarshi sanksiyalardan voz kechgan.

Evropa amaldorlaridan biri agentlikka bergan izohida, Yevrokomissiya AQSh bilan olib borilayotgan savdo muzokaralari fonida sanksiyalar tufayli Rossiya suyultirilgan tabiiy gazidan mahrum bo‘lish xavfiga borishni istamayotganini aytgan.

Reuters, shuningdek, Yevroittifoq a’zolari Rossiya va Norvegiyadan keyingi uchinchi yirik gaz yetkazib beruvchi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlarga yangi “energetik qaramlik” paydo bo‘lishidan ham xavotir olayotganini qo‘shimcha qilgan.

Kiritildi: 10:49 17.04.2025. O'qildi: 1247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!