Evropa Ittifoqi G‘azo sektorida yuzaga kelgan og‘ir gumanitar vaziyat tufayli Isroilga iqtisodiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bu haqida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat fuqarolik jamiyati tashkilotlari va Holokost yodgorliklariga ajratiladigan mablag‘lar bundan mustasno hisoblanadi.
Shuningdek, Ursula fon der Lyayen Yevroittifoq va Isroil o‘rtasidagi uyushma kelishuvini qisman to‘xtatish rejalashtirilayotganini bildirdi. Unga ko‘ra, Isroil hukumatidagi ayrim radikal qarashga ega vazirlarga qarshi sanksiyalar joriy etilishi ham ko‘rib chiqilmoqda.