Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Evropa Ittifoqi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi keskin vaziyat fonida avia yoqilg‘i taqchilligi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Bryusselda o‘tgan brifingda Yevropa komissiyasi vakili Anna-Kaysa Itkonen bu holat hozircha real muammoga aylanmaganini, biroq xavf tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ho‘rmuzdagi vaziyat uzoqqa cho‘zilsa, Yevropa komissiyasi muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rishga tayyor.

Evropa ehtiyojining taxminan 70 foizi mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari hisobidan qoplanadi, qolgan qismi esa import orqali ta’minlanadi. Shu bilan birga, Yevropa mamlakatlari qonunchilikka muvofiq kamida 90 kunlik neft va neft mahsulotlari zaxiralariga ega. Bu omil qisqa muddatda to‘liq taqchillik xavfini pasaytiradi.

Biroq mutaxassislar vaziyatni jiddiy baholamoqda. Xalqaro havo transporti assosiasiyasi (IATA) rahbari Uilli Uolshga ko‘ra, may oyi oxiriga borib Yevropada ayrim reyslar bekor qilinishi mumkin. U ayni paytda Osiyoning ayrim hududlarida bunday muammolar allaqachon kuzatilayotganini aytdi.

Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotix Birol esa Yevropada aviakerosin zaxiralari taxminan olti haftaga yetishini bildirdi. U Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq inqirozni oxirgi yillardagi eng yirik energetik siljishlardan ham kattaroq deb baholadi.

Shu fonda aviasiya sohasi vakillari hukumatlardan shoshilinch choralar ko‘rishni talab qilmoqda. Jumladan, Germaniyaning BDL assosiasiyasi strategik yoqilg‘i zaxiralarini ishga tushirish, NATO quvur tizimidan foydalanish va ekologik talablarni vaqtincha yumshatishni taklif qilgan.

Avval Yevropaga aviaqatnov yoqilg‘isining katta qismi Yaqin Sharqdan kelar edi. Hozir esa mamlakatlar AQShdan importni oshirishga harakat qilmoqda. Biroq bu yetkazib berishlar yo‘qolgan hajmning faqat yarmini qoplamoqda.

Yoqilg‘i narxlarining o‘sishi allaqachon aviakompaniyalar qarorlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, Lufthansa o‘zining ayrim bo‘linmalarini yopish va kam samarali samolyotlarni ekspluatasiyadan chiqarishni boshlagan.

Xulosa qilib aytganda, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi geosiyosiy keskinlik nafaqat mintaqaviy, balki global iqtisodiy oqibatlarga olib kelmoqda. Agar vaziyat barqarorlashmasa, Yevropa aviasiya sohasi birinchi bo‘lib bu bosimni sezishi mumkin.

Kiritildi: 22:49 18.04.2026. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!