Evroittifoq diplomatiyasining sobiq rahbari Federika Mogerini firibgarlikda ayblangach, Yevropa kolleji rektori lavozimidan iste’foga chiqdi.
Bu haqda Reuters Mogerining kollej xodimlari va talabalarga yuborgan elektron xatiga tayanib xabar berdi.
Federika Mogerini 2020 yil sentyabrdan buyon Begiyaning Bryugge shahridagi Yevropaning bo‘lajak diplomatlari hamda davlat xizmatchilarini tayyorlaydigan Yevropa kolleji rektori lavozimida ishlab kelgan. 2 dekabr kuni Mogerini va yana ikki kishi 2021–2022 yillarda Yevropa Ittifoqi mablag‘laridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik ishini tergov qilish doirasida hibsga olingan.
"Ayblovlar tenderlarni o‘tkazish jarayonida firibgarlik va korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi hamda Yevropa kolleji faoliyati doirasidagi kasbiy sirni buzish bilan bog‘liq. Ertasi kuni Mogerini va ishning boshqa figurantlari ayblov qo‘yilgan holda qo‘yib yuborilgan. Mogerini ayblovlarni rad etmoqda", deya yozadi Reuters.
Federika Mogerini 2014–2019 yillarda Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili lavozimida ishlagan.