O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov bu haqda “Ishonch uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Tarixda birinchi marta Markaziy Osiyo davlatlari yagona sub’ekt bo‘lib, o‘zlarining yangi mavqeyini namoyish qilyapti, bu mavqeni xalqaro hamjamiyat tan olyapti va mana shu asosda yangi formatlar paydo bo‘lyapti. Bugungi kunda “Markaziy Osiyo+” formatlarining soni o‘ndan oshdi. Yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mana shu format bor.
Yaqinda Samarqandda “Evropa Ittifoqi + Markaziy Osiyo” sammiti juda samarali o‘tdi. Natijada strategik hamkorlik deklarasiyasi qabul qilindi.
Markaziy Osiyo davlatlarining siyosati – juda pragmatik siyosat. Mana, solishtirib ko‘ring, Markaziy Osiyo – beshta davlat, Yevropa Ittifoqi – 28 ta davlat. Yevropa Ittifoqining yalpi ichki mahsuloti taxminan 19 trillion dollar. Albatta, bizning pragmatik manfaatimiz bor. Ular bilan kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, biz, albatta, mana shu hamkorlikda davom etamiz", — deya fikr bildirdi Komilov.