Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evroittifoq AQSH, Buyuk Britaniya va Turkiyadan qurol-yarog‘ xaridini cheklamoqchi

Evroittifoq AQSH, Buyuk Britaniya va Turkiyadan qurol-yarog‘ xaridini cheklamoqchi

Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.

"Evrokomissiya mudofaa salohiyatini oshirish uchun 150 milliard yevrolik dastur doirasida qurol-yarog‘ni faqat Yevroittifoq bilan mudofaa paktlarini imzolagan davlatlardan xarid qilishni taklif qilmoqda", deb yozadi nashr.

FT'ning qayd etishicha, agar AQSH, Buyuk Britaniya va Turkiya Bryussel bilan bunday kelishuvni imzolashdan bosh tortsa, ushbu davlatlar kompaniyalaridan qurol-yarog‘ xaridlari amalga oshirilmaydi.

Har qanday holatda ham, YEI qayta qurollanish jamg‘armasining kamida 65 foizi mablag‘i Yevropa Ittifoqi, Norvegiya va Ukraina mahsulotlarini sotib olishga yo‘naltirilishi kerak bo‘ladi.

Financial Times'ga ko‘ra, bunday qaror YEI mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan yirik investisiyalar doirasida Yevropa kompaniyalariga ustuvorlik berishni talab qilgan Fransiya va boshqa davlatlar uchun yutuq hisoblanadi.

Kiritildi: 11:09 21.03.2025. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!