Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Everton" - "Liverpul" uchrashuvi katta janjal bilan yakunladi

"Everton" - "Liverpul" uchrashuvi katta janjal bilan yakunladi

Angliya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan "Everton" – "Liverpul" (2:2) uchrashuvi yakunida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi.

Final hushtagi yangraganidan so‘ng, "irislar" yarim himoyachisi Abdulaye Dukure "qizillar" muxlislari oldiga "Everton"ning so‘nggi daqiqalarda urgan golini nishonlash uchun tribunaga yugurdi, bu "Liverpul" yarim himoyachisi Kyortis Jonsga yoqmadi. Bu futbolchilar o‘rtasida katta mushtlashuvga sabab bo‘ldi, unga ikkala jamoaning murabbiylar shtabi va polisiya ham aralashdi.

Natijada, Dukure va Jons qizil kartochka oldi, yana "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot ham o‘yindan so‘ng maydondan chetlatildi.

Kiritildi: 13:52 13.02.2025. O'qildi: 1654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!