Har ikki oyog‘idan ayrilgan xitoylik 70 yoshli alpinist Sya Boyuy Nepal tomonidan dunyodagi eng baland tog‘ — Everest cho‘qqisiga chiqqan, oyoqlari amputasiya qilingan birinchi odamga aylandi. Bu haqda Nepalning Madaniyat, turizm va fuqaro aviasiyasi vazirligi xabar bermoqda.
«Har ikki oyog‘i amputasiya qilingan xitoylik alpinist bugun mahalliy vaqt bilan soat 0:40da cho‘qqiga ko‘tarildi. U cho‘qqiga janubiy tomondan chiqqan ikkita oyog‘i ham amputasiya qilingan birinchi odamga aylandi», — deya xabar berishgan agentlikka bazaviy lagerdan.
Hozirga qadar Everestni zabt etgan har ikki oyog‘i ham amputasiya qilingan yagona inson yangi zelandiyalik Mark Inglis edi. Biroq u cho‘qqiga Tibet tomonidan ko‘tarilgan. U buni 2006 yilda amalga oshirgan.
Xitoylik alpinist mamlakat oliy sudi har ikki oyog‘i yoki qo‘li amputasiya qilingan, shuningdek, ko‘zi zaif insonlarga 6,5 ming metrdan baland bo‘lgan istalgan toqqa chiqishga ruxsat bergach, Nepal rasmiylaridan ekspedisiyaga ruxsatnoma oldi, deb yozadi agentlik.
Sya Boyuyning jurnalistlarga aytishicha, bu dunyodagi eng baland cho‘qqini zabt etish bo‘yicha beshinchi urinishidir.
Manba: «Sinxua»