Estoniya aholisining deyarli 40 foizi Rossiya mamlakatga bostirib kirishi mumkinligiga ishonishadi. So‘rovnomalarga ko‘ra, aholining katta qismi vatanini himoya qilishga tayyor. Estoniyada bor-yo‘g‘i 6500 nafar professional harbiy xizmatchi bor, shuning uchun ham mamlakat bu o‘rinda Estoniya Mudofaa Ligasi (Kaytseliyt) a’zolari kabi zaxiradagi askar va ko‘ngillilarga tayanadi.
Mudofaa ligasi ko‘ngillilari — ishchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar dam olish kunlari mashg‘ulotlarga chiqishmoqda. Ularga mashqlar davomida ular evakuasiya ssenariylari, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rgatilmoqda.