Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Estoniya Rossiya bilan chegarada harbiy baza quradi

Estoniya Rossiya bilan chegarada harbiy baza quradi

Mamlakat mudofaa kuchlari Rossiya hududidan shu nomdagi daryo ajratib turadigan Narva shahrida 200-250 nafar estoniyalik harbiy xizmatchi va ittifoqchilar bo‘linmalari joylashadigan harbiy baza yashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Estoniya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Vaxur Karus ma’lum qildi.

"Bu qo‘shni davlat uchun Estoniya davlati borligi haqida aniq signal beradi. Narva aholisi harbiylar ularning kundalik hayotining bir qismi ekanligiga ko‘nikishi mumkin va ma’lum ma’noda bu qadam shahar Estoniyaning ajralmas qismi ekanligining namoyishi bo‘ladi", — dedi Estoniya bosh shtabi rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Narvadagi bazaga rotasiya asosida ham amaldagi harbiy xizmatchilar, ham chaqiriluvchilar va zaxiradagilar joylashtiriladi.

Kiritildi: 20:08 23.04.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!