Estoniya Bosh vaziri Kristen Mixal Yevropa Ittifoqi Rossiyaning barcha importiga bojlar joriy etish orqali Ukrainani qayta tiklashni moliyalashtirishi mumkinligini ma’lum qildi.
Bu haqda Politico nashri yozmoqda.
«Rossiya tovarlariga qo‘llaniladigan turli xil bojlar Ukrainani qayta tiklash uchun mablag‘ manbai bo‘lishi mumkin», — dedi Estoniya siyosatchisi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, tegishli tashabbus «turli doiralarda va turli uchrashuvlarda» muhokama qilingan.