Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Estoniya Aleksandr Lukashenkoning mamlakatga kirishini butunlay taqiqladi

Estoniya Aleksandr Lukashenkoning mamlakatga kirishini butunlay taqiqladi

Bu haqda ERR telekanali ma’lum qildi.

Telekanalning xabar berishicha, Estoniya hukumati Belarusning 273 nafar fuqarosiga, jumladan Aleksandr Lukashenkoga, mamlakatga kirishni butunlay taqiqlash to‘g‘risida qaror chiqardi. Taqiq yuqori martabali mansabdorlar, sudyalar, kuch ishlatar tuzilmalar vakillari va tashviotchilatni o‘z ichiga oladi.

Estoniya Lukashenko va boshqa sanksiya ro‘yxatidagi shaxslarga nisbatan cheklovlarni ilk bor 2020 yilda, Belarusdagi prezidentlik saylovlaridan keyingi norozilik namoyishlari fonida joriy qilgan edi. Keyingi yillarda bu sanksiyalar bir necha bor uzaytirilgan, ammo ilgari ular ma’lum muddat bilan cheklangan edi.

Kiritildi: 23:15 24.07.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!