Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

“Eski-Juva” AJ ishchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

“Eski-Juva” AJ ishchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkent shahar IIBBga 23 may kuni xususiy tadbirkor Bahrom M. ariza bilan murojaat qildi. Arizaga qaraganda, tadbirkorning oziq-ovqat do‘koni joylashgan “Eski-Juva” bozori ma’muriyati vakili undan ishini davom ettirishi uchun 500 AQSh dollari va 500 ming so‘mlik mevalarni talab qilgan.

Bu haqda "iibb.uz" ma’lum qildi.

O‘zini Umid deb tanishtirgan erkak savdo joylarini ko‘zdan kechirayotganda Bahrom ijara pulini o‘z vaqtida to‘lamayotgani va savdo joyi chegaradan chiqqanini ma’lum qilgan. Tadbirkor gaplari natija bermagan. Umid esa ishni davom ettirish uchun “to‘lashni” talab qilgan.

Bahrom M.ning arizasiga binoan Toshkent shahar IIBB JQB iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus operasiya tuzib, operasiya davomida “Eski-Juva” AJ bo‘limi mutaxassisi bo‘lmish Umid YU.ni 500 AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olishdi. 

Mazkur fakt asosida jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:12 19.06.2020. O'qildi: 2590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!