Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eryong‘oqning yangi "Lider" navi yaratildi

A A A
Eryong‘oqning yangi "Lider" navi yaratildi

Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Maxfurat Amanova ham 17 yil davomida yeryong‘oqning yangi turini yaratish ustida bir qator ilmiy izlanishlar olib bordi.

Izlanishlar samarasi o‘laroq, olima yeryong‘oqning dunyo bozori va mahalliy dehqon fermer xo‘jaliklarining talablarini qondira oladigan ertapishar, serhosil, yirik qizil urug‘li, urug‘i tarkibida moy va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan "Lider” navini yaratishga va Davlat Reestriga kiritilishiga muvaffaq bo‘ldi.

«Lider» navli yeryong‘oq Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan to‘liq raqobatlasha oladi. Qolaversa, ushbu nav hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etishi ahamiyatlidir.

Kiritildi: 18:47 17.10.2023. O'qildi: 1788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!