Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ertaga «sukunat» kuni

Ertaga «sukunat» kuni

❌ Saylov kodeksining 44-moddasiga binoan, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.

⛔️ Shuningdek, 103-moddaga ko‘ra, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.

✅ Shu sababli ertaga hamda saylov kuni turli tashviqot olib bormaslik va so‘rovnomalar o‘tkazmaslik maqsadga muvofiq.

❗️Izoh: bu yerda gap ayni bir nomzodga ovoz berishga chorlash haqida ketmoqda. Saylovning o‘ziga oid boshqa xabarlar, shuningdek barcha saylovchilarni saylovda faol ishtirok etishga chorlaydigan umumiy tashviqotga taqiq yo‘q, bunga ruxsat etiladi.

Kiritildi: 22:20 22.10.2021. O'qildi: 4391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!