Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ertaga shaxmat bo‘yicha jahon kubogining 1/16 bahslari boshlanadi

Ertaga shaxmat bo‘yicha jahon kubogining 1/16 bahslari boshlanadi

Umidli shaxmatchilarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov keyingi bosqichda.
Xabaringiz bor, shu kunlarda Rossiyaning Sochi shahrida jahon kubogi bahslari davom etmoqda. Kecha yurtimiz shaxmat ishqibozlari uchun kutilgan quvonchli voqea yuz berdi. Xamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov musobaqaning eng kuchli shaxmatchilaridan biri bo‘lgan fransiyalik grossmeyster Anish Girini tay-breykda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shuningdek, umidli yosh grossmeysterimiz Javohir Sindorov perulik Xorxe Kori ustidan g‘alaba qozonib, 1/16 finalga yo‘l olgan edi. 1/32 final bahsida birgina shaxmatchimiz Jahongir Voxidov rossiyalik Pavel Ponkratovga mag‘lub bo‘ldi.

Ertaga, 22 iyul kuni boshlanadigan 1/16 final bosqichining birinchi partiyasida Nodirbek ozarbayjonlik Vasif Durarbayli bilan keyingi bosqich masalasini hal etsa, Javohir Sindorov jahon kubogining 1/8 finali yo‘lida polshalik Piroun Kasperning qarshiligini yengib o‘tishi lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqalar joriy yilning 5 avgustiga qadar davom etadi.

Kiritildi: 20:40 21.07.2021. O'qildi: 3253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!