Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ertaga qaysi «Metan zapravkalar» ishlashi aytildi

Ertaga qaysi «Metan zapravkalar» ishlashi aytildi

Ertaga, 23 dekabr soat 10:00 dan 16:00 ga qadar Respublika bo‘yicha barcha «metan zapravkalar» odatdagi rejimda faoliyat yuritadi.

Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash hisobga olinadi. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda «metan zapravkalar»ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barcha sohalarda barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Kiritildi: 22:26 22.12.2025. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!