Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Yeropa Ittifoqi jiddiy yo‘l harakati qoidalarini buzganlarni qattiq jazolaydi — DW

 Yeropa Ittifoqi jiddiy yo‘l harakati qoidalarini buzganlarni qattiq jazolaydi — DW

"Endi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish faqat qoidabuzarlik sodir etilgan mamlakatda emas, balki butun Yevropa Ittifoqi hududida amal qiladi. Bu haqda Yevropa parlamenti va YEIga a’zo davlatlar hukumatlari o‘zaro kelishuvga erishdi", deb yozmoqda nashr.

Ushbu islohot uch oy yoki undan ko‘proq muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan haydovchilarga taalluqli bo‘ladi. Germaniyada bunday jazo, xususan, shahar hududida belgilab qo‘yilgan tezlikni 61 km/soatdan ortiq oshirish yoki shahar tashqarisida 70 km/soatdan ko‘proq oshirish uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, bu mamlakatda qon tarkibida 0,5 promilledan yuqori alkogol miqdori bilan rulga o‘tirgan haydovchilarga uch oy davomida transport vositalarini boshqarish taqiqlanadi.

Germaniyaning yirik avtomobilchilar klubi – ADAC bu kelishuvni iliq kutib oldi. 20 milliondan ortiq a’zo jamlagan tashkilotning ma’lum qilishicha, taklif etilayotgan chora-tadbirlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida "oqilona qadam" bo‘ladi.

Kiritildi: 23:21 26.03.2025. O'qildi: 856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!