Eron Tashqi ishlar vaziri Abbas Arakchi AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffga islom respublikasining yangi oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy Amerika tomoni bilan muzokaralar o‘tkazilishini ma’qullagani haqida ma’lum qildi.
Bunday da’voni ma’lumotli manbaga tayangan holda Isroilning «Ynet» nashri keltirmoqda. Qayd etilishicha, Arakchi Eron o‘z talablari bajarilgan taqdirda, ushbu jarayonni tezroq yakunlash niyatida ekanini Amerika tomoniga tushuntirgan.